Erik Garsiya Barselonani tark etishga bir qadam qolgandi

Erik Garsiya Barselonani tark etishga bir qadam qolgandi

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya o‘tgan yil klubni tark etishga juda yaqin bo‘lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u 2025 yil yanvarida Italiya «Komo»siga o‘tishga deyarli kelishib qo‘ygandi, biroq bitim yakuniga yetmadi. Shundan so‘ng Garsiya «ko‘k-anorranglilar»ning asosiy tarkibidan o‘rin olib, imkoniyatdan unumli foydalandi.

«Bir payt shunday tuyulgandi: men «Komo»ga ketaman. Ammo «Benfika»ga qarshi o‘yin hammasini o‘zgartirdi. Flik bilan gaplashganimdan keyin qolishga qaror qildim va hozir ayta olaman — bu to‘g‘ri tanlov bo‘lgan», — deya Garsiyaning fikrini ispan OAV keltirdi.

Garsiya uchun burilish nuqtasiga aylangan «Benfika» bilan bahs Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumidagi umumiy bosqich doirasida bo‘lib o‘tgan va «Barselona» 5:4 hisobida zafar quchgan. O‘sha uchrashuvda himoyachi gol ham urgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.