Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan yuklamani kamaytirishni so'radi

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan yuklamani kamaytirishni so'radi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumda faqat eng muhim uchrashuvlarda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabic xabariga ko'ra, 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezushdan OFK Chempionlar ligasining hal qiluvchi bosqichlari boshlanguncha uni imkon qadar kamroq o'yinlarga jalb qilishni so'ragan. Portugaliyalik yulduz ortiqcha yuklamadan qochib, asosiy bellashuvlarga va optimal formada jahon chempionatiga yetib borishni maqsad qilgan.

Ronaldu «Al-Nasr» safida joriy mavsumda 23 o'yinda 19 gol urdi. U Saudiya Arabistoni chempionati to'purarlari ro'yxatida Aiven Tonidan keyin ikkinchi o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.