Glasner Kristal Pэlasdagi kelajagi borasida ikkilanmoqda

Glasner Kristal Pэlasdagi kelajagi borasida ikkilanmoqda

Oliver Glasner avvalroq yozda shartnomasi yakunlanishi bilan «Kristal Pэlas»ni tark etishini aytgan edi. Endi esa avstriyalik mutaxassis hatto mavsum oxirigacha jamoada qolish-qolmasligiga ham aniq javob bera olmayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida Glasner bu borada shoshilmasligini ta’kidladi: «Mavsum oxirigacha qolamanmi? Ko‘ramiz. Yozgacha qolishni xohlaymanmi? Kelajak nima olib kelishini hech qachon bilmaysan. Ich-ichimdan mavsumni yakunlab berishni istayotgandekman», — dedi u.

Hozirda «Kristal Pэlas» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda. London klubi navbatdagi uchrashuvini 22-fevral, yakshanba kuni o‘z maydonida «Vulverhempton»ga qarshi o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.