Real Xyoysenning jarohati haqida rasmiy ma'lumot berdi

Real Xyoysenning jarohati haqida rasmiy ma'lumot berdi

Madridning “Real” klubi markaziy himoyachi Din Xyoysen yaqin vaqt ichida jamoaga yordam bera olmasligini ma'lum qildi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati xabar tarqatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik futbolchi boldir mushagidan jarohat olgan. Klub bayonotida tiklanish muddati bo'yicha aniq ma'lumot keltirilmagan.

Marca nashriga ko'ra, “qirollik klubi” Xyoysenning tez orada safga qaytishidan umidvor: himoyachi Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda. Biroq yaqin uchrashuvda — “Osasuna”ga qarshi bahsda u maydonga tusha olmaydi.

Joriy mavsumda 20 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.