Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

Luis Enrike Dembele jarohati haqida fikr bildirdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike hujumchi Usmon Dembele olgan jarohat yuzasidan izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda shikastlanib, 27-daqiqadayoq maydonni tark etishga majbur bo'lgandi. Kutilishicha, jamoa yetakchilaridan biri shanba kuni Liga 1 doirasida «Mets»ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

«Dembele jarohat oldi. Biz futbolchilarimizni juda yaxshi bilamiz. Yondashuvimiz oddiy: biz hech qachon hech kimni tavakkal qilmaymiz, imkon qadar har bir o'yinchining salomatligini asrashga harakat qilamiz. Ammo bunday yuqori darajadagi futbolda jarohatlar o'yinning bir qismi», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

PSJ — «Mets» uchrashuvi 01:05 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.