Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Boka Huniors yangi sport direktorini rasman tayinladi

Argentinaning “Boka Huniors” klubi yangi sport direktorini e’lon qildi — bu lavozimga Marselo Delgado tayinlandi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Sobiq “Barselona” futbolchisi bo‘lgan Rikelme bilan birga Delgadoni jamoani tezroq kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar kutmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi Jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u “Santos” hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lib, o‘z nomini yana bir bor tarixga yozdirgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.