Titov Manchester Siti va Nyukasl o'yiniga prognoz berdi

Titov Manchester Siti va Nyukasl o'yiniga prognoz berdi

APLning 27-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. Uchrashuv arafasida sobiq “Spartak” yarim himoyachisi Yegor Titov bahs bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Titovning ta’kidlashicha, o‘yinda gollar ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. U raqiblar yopiq futbol o‘ynashiga ishonmasligini aytib, jami gollar 3 tadan ko‘p bo‘lishi variantini tanladi hamda 2:2 kabi kutilmagan hisobni ham istisno etmadi.

“Manchester Siti” — “Nyukasl” uchrashuvi shanba, 21 fevral kuni “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi. “Shaharliklar” bugun g‘alaba qozonsa, Xosep Gvardiola jamoasi “Arsenal”dan ortda qolayotgan farqni ikki ochkogacha qisqartiradi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.