Xyoness Klopnga ishora qildi u murabbiylik qilishi kerak

Xyoness Klopnga ishora qildi u murabbiylik qilishi kerak

Myunxenning «Bavariya» klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness Yurgen Klopning «Red Bull» tizimidagi faoliyatiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xyonessning fikricha, bu vazifa Klop tabiatiga mos emas: u jamoa rulida, murabbiylar o‘rindig‘ida bo‘lishi kerak. «U futbolchilarni ruhlantirishda juda kuchli. Yurgen Zaltsburgda yoki Braziliyada bo‘lib turganida «RB Leypsig»ga qanday ta’sir o‘tkazadi?» — deya Xyoness so‘zlarini Bild keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, nemis mutaxassisi murabbiylik faoliyatida «Maynts», Dortmundning «Borussiya»si va «Liverpul»ni boshqargan. Klop 2024 yilda ingliz grandini tark etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.