Bilyaletdinov Ronalduning yuqori darajaga intilishini e'tirof etdi

Taniqli murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to'p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduning hozirgi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisga ko'ra, Ronaldu — natijalarini deyarli takrorlab bo'lmaydigan noyob futbolchi. Bilyaletdinov futbolchi yoshiga qaramay, beshinchi o'nlikda ham eng yuqori saviyada o'ynashga intilayotganini alohida ta'kidladi.
Joriy mavsumda 41 yoshli portugaliyalik barcha musobaqalarda 23 uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Mahalliy chempionatning 21-turidan so'ng «Al-Nasr» turnir jadvalida 52 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













