Keyn Musiala va Olise Bavariya asosiy tarkibida maydonga tushadi

Keyn Musiala va Olise Bavariya asosiy tarkibida maydonga tushadi

Shanba kuni “Bavariya” Germaniya chempionati doirasida o‘z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani uchrashuvni asosiy tarkibdagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Start tarkib: Urbik, Stanishich, Upamekano, Min-Chje, Devis, Kimmix, Pavlovich, Musiala, Olise, Dias, Keyn.

Bundesliga bahsi 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Uchrashuv jarayonini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Bundesligada 22 turdan keyin “Bavariya” turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rindagi Dortmundning “Borussiya”si myunxenliklardan 6 ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.