Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda besh so'zli xabar qoldirdi

Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda besh so'zli xabar qoldirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida navbatdagi postini e'lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli portugaliyalik yulduz futbolchi «Biz mashaqqatli mehnat orqali o'samiz» degan mazmundagi qisqa fikrini yozib qoldirdi.

Ronaldu jamoasi Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turi doirasida bugun, 21-fevral kuni «Al-Hazm»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Joriy mavsumda Krishtianu oliy ligada 19 ta o'yinda ishtirok etib, 18 ta gol (shundan 4 tasi penalti) va 1 ta golli uzatma qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.