Bilyaletdinov Ronaldu hali ham eng yuqori saviyada

Bilyaletdinov Ronaldu hali ham eng yuqori saviyada

Tajribali murabbiy Rinat Bilyaletdinov Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis Ronaldu fenomenga teng futbolchi ekanini ta’kidladi: uning natijalarini takrorlash deyarli imkonsiz. Bilyaletdinovga ko‘ra, beshinchi o‘n yillikni qarshilayotgan futbolchining hamon eng yuqori darajada o‘ynashga intilishi alohida e’tirofga loyiq.

Joriy mavsumda 41 yoshli portugaliyalik barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.

«Al-Nasr» milliy chempionatning 21-turidan so‘ng 52 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.