Krishtianu Ronaldu mehnat haqida qisqa post qoldirdi

Krishtianu Ronaldu mehnat haqida qisqa post qoldirdi

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida to‘p surayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida navbatdagi postini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

41 yoshli yulduz futbolchi xabarda: «Biz tinimsiz mehnat orqali o‘sib boramiz», deya yozib qoldirdi.

Ronaldu jamoasining navbatdagi uchrashuvi Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turida «Al-Hazm»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. O‘yin bugun, 21-fevral kuni 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Joriy mavsumda Krishtianu oliy ligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol (shundan 4 tasi penalti) va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.