Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol marrasidan oshdi

Ronaldu 30 yoshdan keyin 500 ta gol marrasidan oshdi

«Al-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 30 yoshga toʻlgandan keyin urgan gollari sonini 500 taga yetkazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni chempionatining shanba kungi «Al-Hazm»ga qarshi uchrashuvida 13-daqiqada hisobni ochdi va bu gol uning 30 yoshdan keyingi 500-goli boʻldi. Oʻyin yakuniga yaqin esa u yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, 501-golini ham qayd etdi.

Umuman olganda, Ronaldu faoliyati davomida 964 ta gol urgan. Shundan kelib chiqib, u toʻplarning katta qismini soʻnggi 11 yil ichida kiritgan.

Joriy Saudiya ligasi mavsumida 41 yoshli futbolchi 20 marta gol urdi. U toʻpurarlar poygasida Ayven Toni (23) va Xulian Kinones (21)dan keyin uchinchi oʻrinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.