Arbeloa Real futbolchilariga ishonishini yana bir bor ta'kidladi

Shanba kuni La Liga doirasida Madridning «Real» jamoasi kutilmaganda «Osasuna»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qaymoqranglilar» safidagi yagona golni 73-daqiqada Vinisius Junior urdi. Mezbonlar esa uch ochkoni 90-daqiqada kiritilgan gol orqali qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bosh murabbiy Alvaro Arbeloa vaziyatga xotirjam qarashga chaqirdi: «Men futbolchilarimga ishonaman. Oldinda juda uzun masofa bor, har bir o'yinda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Hozir vahimaga tushish va muvaffaqiyatga ishonchni yo'qotish vaqti emas», — dedi u.
Shunga qaramay, «Real» turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va «Barselona»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. Biroq kataloniyaliklar yakshanba kuni o'z maydonida «Levante»ni mag'lub etsa, yana birinchi o'ringa ko'tariladi.













