Pavlyuchenko Liverpul Nottingemga qarshi g'olib bo'lishini aytdi

Pavlyuchenko Liverpul Nottingemga qarshi g'olib bo'lishini aytdi

Angliya chempionatining navbatdagi safar uchrashuvida «Liverpul» «Nottingem Forest» maydoniga tashrif buyuradi. Ushbu bahs haqida Rossiya terma jamoasi va «Tottenhem»ning sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pavlyuchenkoga ko'ra, «Liverpul» futbolchilarining mahorati raqibnikidan yuqori. U og'ir va murosasiz kechadigan uchrashuvda mersisaydliklar o'z so'zini o'tkazib, safarda «Nottingem»ni mag'lub etishini, ehtimol, minimal hisobda g'alaba qozonishini ta'kidladi.

«Nottingem Forest» — «Liverpul» uchrashuvi bugun, 22-fevral kuni bo'lib o'tadi. O'yin 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.