Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida mag'lub bo'ldi

Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng «Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatlarini boy berdi. 8-turda «Buriram Yunayted»ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun musobaqa bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, biroq «eshikni qarsillatib yopish»ning uddasidan chiqa olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuv 0:2 hisobida yakunlandi. Tailand vakillari birinchi bo'limning dastlabki qismidayoq ikkita gol urib, o'yin taqdirini hal qildi. Oradan ko'p o'tmay «Shanxay Shenxua» bir futbolchisi maydondan chetlatilgani sabab son jihatdan kamayib qoldi va intriga deyarli yo'qoldi.

Qayd etilishicha, Leonid Slutskiyning «Shanxay Shenxua» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.