Angliya klublari Inter hujumchisi Markus Tyuramni kuzatmoqda

Milanning «Inter» jamoasi hujumchisi Markus Tyuram APL skautlari e’tiboriga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, nomi hozircha oshkor etilmayotgan bir qator ingliz klublari fransuz futbolchisini yozgi transfer oynasida tarkibga qo‘shish variantini ko‘rib chiqmoqda. Tyuramga boshqa chempionatlarda ham qiziqish bor, aniq muzokaralar esa jahon chempionatidan keyin boshlanishi mumkin.
28 yoshli forvardning «neradzurrilar» bilan shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt Tyuramning transfer qiymatini 60 mln yevroga baholagan. Joriy mavsumda u 31 o‘yinda 12 gol va 5 assist qayd etdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













