Ekspert Napoli top-4dan tushib qolishini istisno qilmadi

Ekspert Napoli top-4dan tushib qolishini istisno qilmadi

A Seriyaning 26-turida «Napoli» safarda «Atalanta»ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdan so‘ng jamoaning keyingi taqdiri borasida futbol eksperti Eduard Mor o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, neapolliklar tarkibida jarohatlar juda ko‘payib ketgan, zaxira o‘yinchilari soni esa katta emas. Mor buni «katastrofa» deb atab, mavsum yakunida aynan «Napoli» kuchli to‘rtlikdan tashqarida qolib ketishi mumkinligiga ajablanmasligini «Match TV» efirida aytdi.

Kecha bo‘lib o‘tgan mag‘lubiyatga qaramay, «Napoli» hozircha Italiya chempionati jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Antonio Konte shogirdlari 5-pog‘onadagi Turin «Yuventus»idan to‘rt ochko oldinda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.