Karrager Saloh va Gakpo o'yinini o'g'irlik deb atadi

Karrager Saloh va Gakpo o'yinini o'g'irlik deb atadi

Angliya chempionatining 27-turida “Liverpul” safarda “Nottingem Forest”ni 1:0 hisobida yengdi. Uchrashuvdagi yagona golga yakuniy daqiqalarda argentinalik yarimhimoyachi Aleksis Mak Allister mualliflik qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

O'yindan so'ng mersisaydliklarning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoa hujumidagi yetakchilarning harakatini keskin tanqid qildi.

“Bu mavsum APLda ko'rgan eng katta ‘o'g'irlik’lardan biri. Ngumo'a zaxiradan tushib, 15 daqiqada Saloh va Gakpo butun o'yin davomida qilganidan ko'ra foydaliroq bo'ldi. U uchrashuvning borishini o'zgartirdi. Bu yigit asosiy tarkibda maydonga tushishi kerak. Rio hozir juda yaxshi”, — dedi ekspert Sky Sports efirida.

Arne Slot boshqaruvidagi “Liverpul” 45 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.