Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratlanmadi

Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratlanmadi

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan 18 yoshli futbolchi Lennart Karl faoliyatining boshidagi tezkor o‘sish uni unchalik ham hayratga solmaganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yosh hujumkor yarimhimoyachi joriy mavsumda grand tarkibida muntazam maydonga tushmoqda. 22 fevral kuni u 18 yoshga to‘ldi.

«Ba’zan bo‘layotgan voqealarga hayron qolgandek bo‘ldim, ammo ich-ichimdan bunga qodir ekanimni bilardim. Tinimsiz mehnat qildim. Juda xursandman, lekin o‘sish uchun doim joy bor. Keyinroq ko‘proq gol urib, ko‘proq golli pas berishni, qolgan jihatlarda ham kuchayishni istayman», — deya Karlning Kicker’ga bergan intervyusidan «Gazeta.Ru» iqtibos keltirdi.

Shanba, 28 fevral kuni «Bavariya» Bundesliga doirasida safarda eng yaqin ta’qibchisi — Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi bahs o‘tkazadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.