Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

Al-Nasr bosh murabbiyi Jezush bilan kelishuvni uzaytirmoqchi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Saudiya Arabistonidan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, rahbariyat portugaliyalik mutaxassisga 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan yangi bitim taklif qilishga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub Jezushning ishidan mamnun va hamkorlikni keyingi mavsumda ham davom ettirish niyatida. Avvalroq, agar Krishtianu Ronaldu yozda jamoani tark etsa, murabbiy ham ketishi mumkinligi haqida gaplar chiqqandi. Biroq yulduz hujumchi yaqinda “Al-Nasr”da qolish istagini bildirgan.

Jezush jamoani o‘tgan yil iyulida qabul qilib olgan. Hozirda “Al-Nasr” chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.