Filimonov Safonovning PSJdagi yutuqlarini izohladi

Filimonov Safonovning PSJdagi yutuqlarini izohladi

Rossiya terma jamoasida to'p tepgan sobiq darvozabon Aleksandr Filimonov Matvey Safonovning «PSJ» safidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Filimonovning aytishicha, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani shunchaki shov-shuvli chiqish emas, balki uning mahorati natijasi. «Perfromansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning ustaligi», — dedi u.

Safonov fransuz klubida asta-sekin asosiy darvozabon maqomini mustahkamlab bormoqda. Joriy mavsumda u Chempionlar ligasida uchta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol o‘tkazib yubordi va bir o‘yinda darvozasini daxlsiz saqladi.

Ligue 1 doirasida esa u olti bahsda ishtirok etdi: jami olti gol o‘tkazdi, uch uchrashuvda esa «nol»ga o‘ynadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.