Kunya va Mbeumo Evertonga qarshi asosiy tarkibda

Kunya va Mbeumo Evertonga qarshi asosiy tarkibda

Angliya chempionatining 27-turi dasturi dushanba oqshomida «Everton» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi bilan yakunlanadi. «Qizil iblislar» bosh murabbiyi Maykl Karrik bellashuvni quyidagi asosiy tarkibda boshlashga qaror qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Lamens, Dalot, Maguayr, Yoro, Shou, Kazemiro, Maynu, Fernandesh, Diallo, Mbeumo, Kunya.

«Everton» va «Manchester Yunayted» o'rtasidagi o'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Uchrashuvdagi voqealar rivojini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Agar «Manchester Yunayted» ushbu bahsda ochko qo'lga kiritsa, APL turnir jadvalida yana yakka o'zi to'rtinchi o'ringa qaytadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.