Brentueyt Evertonga gollarni urishda aniqlik yetishmayapti dedi

Brentueyt Evertonga gollarni urishda aniqlik yetishmayapti dedi

Everton o'z maydonida yana ochko yo'qotdi: jamoa Manchester Yunaytedga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Devid Moyes shogirdlari uchrashuvning katta qismida o'yinni nazorat qilgan bo'lsa-da, ustunlikni golga aylantira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Himoyachi Jerred Brentueytga ko'ra, mag'lubiyatning asosiy sababi ham aynan shu — vaziyatlardan unumli foydalana olmaslik. «Menimcha, ikkinchi bo'limda biz ustun bo'ldik. Yaqinlashuvlar, imkoniyatlar ko'p edi, ammo yakunlovchi zarbalar yetishmadi. Jamoa bo'lib aynan shu ustida ishlashimiz kerak», — deya uning so'zlarini BBC Sport keltirdi.

Keyingi turda Everton N'yukaslga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.