Noyer Borussia Dortmundga qarshi maydonga tushib qolishi mumkin

Noyer Borussia Dortmundga qarshi maydonga tushib qolishi mumkin

Fevral o‘rtalarida “Bavariya”ning tajribali darvozaboni Manuel Noyer jarohat oldi. Dastlab u taxminan uch hafta safdan chiqishi aytilgandi, biroq tiklanish jarayoni kutilganidan tezroq kechayotgani mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko‘ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Hozircha u murakkab mashqlarni bajarmadi, ammo to‘p bilan ishlagani ijobiy siljish borligini ko‘rsatadi.

Germaniyada Noyer Dortmundning “Borussiya”siga qarshi uchrashuvdayoq kutilmagan tarzda safga qaytishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Jamoalar shanba kuni, 28-fevralda to‘qnash keladi.

“Bavariya” Bundesligada peshqadam, ikkinchi o‘rindagi “Borussiya” esa undan sakkiz ochko ortda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.