Filimonov Safonovning PSJdagi muvaffaqiyatlarini izohladi

Filimonov Safonovning PSJdagi muvaffaqiyatlarini izohladi

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Filimonov PSJ safida to'p tepayotgan darvozabon Matvey Safonovning o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Filimonovning aytishicha, Safonov ketma-ket to'rtta penaltini qaytargani haqida eshitgan. U buni "performans" deb atash to'g'ri emasligini ta'kidladi: "Performansni muxlislar qiladi, bu esa Safonovning mahorati", — deya sobiq darvozabonning so'zlarini "Chempionat" nashri keltirdi.

Safonov PSJda tobora asosiy darvozabon maqomini mustahkamlab bormoqda. U joriy mavsumda Yevropa Chempionlar ligasida parijliklar safida 3 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol o‘tkazdi va bitta uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Shuningdek, darvozabon Fransiya Liga 1 musobaqasida 6 ta bahsda maydonga tushdi: 6 ta gol o‘tkazdi, 3 ta uchrashuvda esa "nol"ga o‘ynadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.