Noyer Borussiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Noyer Borussiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Fevral o‘rtalarida «Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer jarohat olgandi. Dastlab tajribali posbon taxminan uch haftaga safdan chiqqani aytilgan, biroq u kutilganidan tezroq safga qaytishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild xabariga ko‘ra, dushanba kuni Noyer maydonda darvozabonlar murabbiyi va reabilitatsiya bo‘yicha mutaxassis bilan birga mashg‘ulot o‘tkazdi. Hozircha u murakkab yuklamalarni bajarmadi, ammo to‘p bilan ishlagani tiklanish jarayoni ijobiy ketayotganidan darak beradi.

Germaniyada Noyer Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yinda hammani hayratda qoldirib, maydonga tushishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar yuribdi. Jamoalar 28-fevral, shanba kuni kuch sinashadi.

«Bavariya» Bundesligada peshqadam, ikkinchi o‘rindagi «Borussiya» esa yetakchidan sakkiz ochko ortda qolmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.