Brentueyt Evertonga gollarni yakunlashda keskinlik yetishmadi dedi

Brentueyt Evertonga gollarni yakunlashda keskinlik yetishmadi dedi

«Everton» o'z maydonida navbatdagi omadsiz uchrashuvni o'tkazdi: jamoa «Manchester Yunayted»ga minimal hisobda yutqazdi. Devid Moyes boshchiligidagi klub o'yinning katta qismida tashabbusni qo'lda ushlagan bo'lsa-da, ustunlikni golga aylantira olmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Himoyachi Jerred Brentueyt mag'lubiyatning asosiy sababi aynan shu jihat ekanini ta'kidladi. «Menimcha, ikkinchi bo'limda biz ustun bo'ldik. Yondashuvlar ham, imkoniyatlar ham ko'p edi, lekin yakunlovchi zarba yetishmadi. Jamoa bo'lib shu ustida ishlashimiz kerak», — deya uning so'zlarini BBC Sport keltirdi.

Keyingi turda «Everton» «Nyukasl»ga qarshi maydonga tushadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.