Mallorka bosh murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi

Mallorka bosh murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi

Ispaniya La Ligasida navbatdagi murabbiylik o'zgarishi yuz berdi. «Mallorka» bosh murabbiy Xgoba Arrasate bilan xayrlashganini klub matbuot xizmati rasman ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub bayonotiga ko'ra, bu qaror jamoaning so'nggi natijalari va turnir jadvalidagi hozirgi o'rni tahlil qilingach qabul qilingan. «Mallorka» mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlari oldidan yangi yondashuvni sinab ko'rishni istamoqda.

«Mallorka» ketma-ket uch o'yinda mag'lub bo'ldi. So'nggi uchrashuvda jamoa «Selta»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Hozirda «Mallorka» 24 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.