Mostovoy Inter va Bude-Glimt o'yiniga taxmin bildirdi

Mostovoy Inter va Bude-Glimt o'yiniga taxmin bildirdi

Milaning "Inter" jamoasi Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida norvegiyalik "Bude-Glimt"ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi. Bahs oldidan Moskva "Spartak"ining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mostovoyning ta'kidlashicha, ikki to'p farqini qaytarib olish mumkin va "Inter" intizomli o'ynab, o'ziga ortiqcha ishonib ketmasa, buni uddalay oladi. U ushbu o'yinga prognoz sifatida "Inter"ning (-1,5) fора bilan g'alabasini ko'rsatdi.

Eslatib o'tamiz, ilk uchrashuvda "neradzurrilar" safarda skandinaviyaliklarga 1:3 hisobida yutqazib qo'ygandi.

"Inter" — "Bude-Glimt" javob bahsi bugun, 24-fevral kuni Milandagi stadionda bo'lib o'tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.