Karraher Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi

Karraher Dyo'kereshni jahon darajasidagi hujumchi deb bilmaydi

«Liverpul»ning sobiq himoyachisi, hozirda teleekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karraher «Arsenal»ning shved markaziy hujumchisi Viktor Dyo'keresh haqida o'z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karraherga ko'ra, u Dyo'kereshni jahon darajasidagi forvard deb hisoblamaydi va yaqin mavsumlar uchun «kanonirlar»ga eng to'g'ri tanlov sifatida ko'rmaydi. Shunga qaramay, ekspert futbolchining xarakteri va o'ziga ishonchini yuqori baholadi: u to'pni qabul qilib, vaziyatdan gol chiqarib ketishi mumkinligini ta'kidladi. Karraher Dyo'kereshni ayrim jihatlarda Alan Shirerga o'xshatdi.

Joriy mavsumda skandinaviyalik hujumchi 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Dyo'keresh «Arsenal»da «gol+pas» ko'rsatkichi bo'yicha eng yaxshi natijani qayd etmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.