Aguyero Artetaning «Arsenal»dagi ishiga yuqori baho berdi

Aguyero Artetaning «Arsenal»dagi ishiga yuqori baho berdi

«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Serxio Aguyero Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Hozirda «kanonirlar» APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ular «shaharliklar»dan besh ochko oldinda bormoqda, biroq «Siti»ning bitta o‘yini zaxirada.

Aguyero Arteta o‘z salohiyatini isbotlaganini ta’kidladi: murabbiy maydonda nima qilishni aniq biladigan, tartibli va kuchli jamoa shakllantirdi, natijada «Arsenal» muntazam ravishda chempionlik uchun kurashmoqda. Uning fikricha, muxlislar Artetaning klubda uzoq muddat qolishini istaydi.

Eslatib o‘tamiz, London klubi Angliya chempionligini oxirgi bor 2004 yilda qo‘lga kiritgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.