Al-Hilol Benzemani jarohat sabab vaqtincha yo'qotishi mumkin

Al-Hilol Benzemani jarohat sabab vaqtincha yo'qotishi mumkin

«Al-Hilol»ning yulduzli yangi futbolchisi Karim Benzema jamoa mashg'uloti vaqtida son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fransuz hujumchining «Al-Taavun»ga qarshi yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushishi katta so'roq ostida turibdi. Benzema tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan keyin uning tiklanish muddati aniq bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Benzema bu qishda «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o'tgandi. U yangi jamoasi safida uchta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va bitta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.