Barselona APLdan arzonroq himoyachini nishonga oldi

«Barselona» mudofaa chizigini kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda. The Touchline xabariga ko'ra, kataloniyaliklar «Bornmut» himoyachisi Markos Senesini yuqori baholamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Ko'k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Senesining o'yin uslubi jamoada o'tgan mavsum to'p surgan Inigo Martinesga yaqin ekanini ta'kidlamoqda.
Manbaga ko'ra, klub 28 yoshli argentinalikni «Inter»dan Alessandro Bastoniga nisbatan ancha hamyonbop muqobil sifatida ko'rmoqda.
Senesining «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 mavsumi yakunigacha mo'ljallangan. Shu sabab, agar kelishuv uzaytirilmasa, futbolchi kelasi yozda erkin agent sifatida qo'lga kiritilishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













