Van der Vaart de Yongdan gollar va assistlar kutmoqda

Avvalgi mashhur futbolchi Rafael van der Vaart «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongning o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Van der Vaartning ta'kidlashicha, de Yong umumiy o'yiniga yanada ko'proq qo'shimcha olib kirishi kerak. Uningcha, gap avvalo gollar va golli uzatmalar haqida ketmoqda: futbolchi jahon darajasida bo'lsa-da, darvozaga kam zarba beradi va ko'proq tavakkal qilishga intilmaydi.
2025/2026 yilgi mavsumda Frenki de Yong 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatma qayd etdi.
«Barselona» hozirda Ispaniya La Ligasida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Real» kataloniyaliklardan atigi bir ochko ortda. «Barselona»ning navbatdagi o'yini 28 fevral kuni «Vilyarreal»ga qarshi bo'lib o'tadi.













