Otamendi Realga qarshi o'yinda diskvalifikatsiya oldi

Otamendi Realga qarshi o'yinda diskvalifikatsiya oldi

Chempionlar ligasida «Real» va «Benfika» 1/8 final yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda. Ikkinchi bo'limda lissabonliklar himoyachisi Nikolas Otamendi odatdagidek keskin o'yin uslubini namoyish etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvaliga argentinalik futbolchi Vinisius Juniorga qo'pol tarzda borib urildi, oradan ko'p o'tmay esa Orelien Tchuamenini ham qattiq to'xtatib qo'ydi.

Hakam Otamendiga sariq kartochka ko'rsatdi. U allaqachon ogohlantirishlar bo'yicha xavfli chegara yaqinida turgani sababli, navbatdagi UEFA turniri o'yinini diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi.

Hozircha hisob 1:1. Ikki o'yin natijasiga ko'ra esa «Real» ustun — 2:1.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bahodir
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.