Kapello Leau aslida hujumchi emasligini ta'kidladi

Kapello Leau aslida hujumchi emasligini ta'kidladi

Mashhur sobiq murabbiy Fabio Kapello «Milan» yulduzi Rafael Leauni markaziy hujumchi sifatida ko'rmasligini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nomiga qanot hujumchisi bo'lgan portugaliyalik futbolchi Massimiliano Allegri qo'l ostida tez-tez hujum chizig'iga yaqinroq, forvard pozitsiyasida maydonga tushmoqda. Joriy A Seriyasi mavsumida 19 uchrashuvda u 8 ta gol urib, 2 ta assist muallifi bo'ldi.

«Men uchun u hujumchi emas. Urgan gollar sonini chetga suring — u oldinda jamoaga tayanch bo'la olmaydi. Endi buni ishonch bilan ayta olamiz», — Kapelloning so'zlarini La Gazzetta dello Sport keltirdi.

26 turdan so'ng «Milan» A Seriyasi jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda va peshqadam «Inter»dan 10 ochko ortda qolgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.