Komoning hujumchisi Adday mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Komoning hujumchisi Adday mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Avvalroq xabar berganimizdek, «Komo» yetakchi hujumchilaridan biri Jeyden Addaysiz qoldi — u Turin «Yuventus»iga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay, Sesk Fabregas shogirdlari grand ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, raqib darvozasiga javobsiz ikki gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa Adday bu mavsumda umuman o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Axill payi jarohati sabab u mavsum oxirigacha safdan chiqdi. Joriy chempionatda hujumchi 12 uchrashuvda 3 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishga ulgurgandi.

Italiya chempionatining keyingi turida «Komo» o‘z maydonida «Lechche»ni qabul qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.