Erik Garsiya chempionlik o'z qo'limizda ekanini aytdi

Erik Garsiya chempionlik o'z qo'limizda ekanini aytdi

“Barselona” himoyachisi Erik Garsiya La Ligadagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Garsiya jamoa natija uchun to'liq mas'ul ekanini ta'kidlab, chempion bo'lish-bo'lmaslik o'zlariga bog'liqligini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, “Real Sosyedad”ga qarshi bahsda “Barselona” yutqazmasligi kerak edi, chunki g'alaba uchun yetarli ish qilgan.

Shuningdek, u “Jirona” bilan o'yinda hakamlikdagi xato bo'lganini eslatdi, biroq jamoa baribir o'zidan kutilgan darajadagi o'yinni ko'rsata olmaganini tan oldi. Himoyachi jamoa hozir tayyor ekanini, oldinda qiyin safar uchrashuvlari turgan bo'lsa-da, ularni uddalash uchun barcha imkoniyat borligini bildirdi.

25-turdan so'ng “Barselona” 61 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi “Real”dan ustunlik esa atigi bir ochkoni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.