Real yozda Gregor Kobelni transfer qilishni istaydi

Real yozda Gregor Kobelni transfer qilishni istaydi

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida darvozabonlar chizigini kuchaytirish niyatida. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Xorxe Pikon bergan ma’lumotga ko‘ra, «qirollik klubi» Dortmundning «Borussiya»si posboni Gregor Kobelni olib kelish variantini ko‘rib chiqmoqda. Shveysariyalik darvozabon «Real» uchun bu pozitsiyadagi asosiy maqsad sifatida qayd etilmoqda.

Kobel 2021 yilda «Shtutgart»dan «Borussiya»ga 15 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 uchrashuvda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt portalida Kobelning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.