Aleksey Berezutskiy Golovin RPLga qaytmaydi deb hisoblaydi

Aleksey Berezutskiy Golovin RPLga qaytmaydi deb hisoblaydi

Rossiya terma jamoasi va Moskvaning CSKA klubi sobiq himoyachisi Aleksey Berezutskiy «Monako» yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Rossiya Premyer-ligasiga qaytishni istamayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Berezutskiy fikricha, Golovinning Yevropadagi faoliyatidan so‘ng CSKA safiga qaytishi ajoyib voqea bo‘lardi, biroq futbolchining o‘zi bunday qarorga kelishiga u ishonmaydi. Bu haqda u Legalbetga bergan izohida ta’kidladi.

Golovin 2018 yil yozidan beri «Monako» sharafini himoya qilib keladi. Rossiyalik futbolchining fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Liga 1 doirasida Aleksandr 16 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.