Bavariyada faqat Nikolas Jekson rolidan norozi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolas Jekson o‘zining jamoada tutgan o‘rnidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi — klub tarkibida o‘yin amaliyoti yetishmasligidan norozi bo‘layotgan yagona o‘yinchi. Manbaga ko‘ra, uning hafsalasi pir bo‘lgani jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga moslashib, ko‘proq daqiqaga ega bo‘lish uchun o‘zini ko‘rsatishga urinmoqda.
«Bavariya» Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan joriy mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgandi. Bitimda futbolchini 65 million yevroga sotib olish opsiyasi ham bor. Bu mavsumda Jekson barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 5 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













