Spalletti Angliyadan Yuventus uchun yangi kuch topdi

Spalletti Angliyadan Yuventus uchun yangi kuch topdi

"Vulverhempton" yarim himoyachisi Andre "Yuventus" diqqat markaziga tushdi. Sky Sport xabariga ko'ra, "keksа sinyora" bosh murabbiyi Luchano Spalletti markaziy chiziqni kuchaytirishni istamoqda va braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi uchun ehtimoliy nishonlar qatoridan joy olgan. Mutaxassis 24 yoshli futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Transfermarkt Andre qiymatini 28 million yevroga baholagan. Uning "Vulverhempton" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, biroq jamoaning APLdan tushib ketishi ehtimoli kuchaysa, yozda tayanch yarim himoyachini olib ketmoqchi bo'lgan klublar uchun muzokaralar ancha osonlashishi mumkin.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.