Bundesliga grandi Interdan Pavarni sotib olishni ko'zlamoqda

Himoyachi Benjamen Pavar yozgi transfer oynasida yana klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mavsum oxirigacha milanlik «Inter»dan ijaraga olingan fransuz futbolchini «Marsel» 15 mln yevrolik sotib olish bandi orqali o'zida qoldirishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko'ra, 29 yoshli o'yinchi bo'yicha Dortmundning «Borussiya»si ham so'rov yuborgan, shuningdek, nomi oshkor etilmagan Saudiya klubi ham qiziqish bildirmoqda. «Neradzzurri» rahbariyati esa Pavarni mavsumlar oralig'ida sotish niyatida.
Transfermarkt portalida Benjamen Pavarning narxi 20 mln yevroga baholanmoqda, uning «Inter» bilan shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha amal qiladi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













