Real Raul Asensioda bo'yin mushaklari spazmini tasdiqladi

Madridning «Real» klubi rasmiy sayti orqali Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan himoyachi Raul Asensio haqida ma'lumot berdi. O'yin davomida futbolchini bo'ynini fiksatsiya qilgan holda zambilda maydondan olib chiqishgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub xabariga ko'ra, 23 yoshli Asensioga «servikal kontraktura» tashxisi qo'yilgan. Uning tiklanish muddati hozircha ochiqlanmadi.
Internetdagi izohlarga qaraganda, bu holat bo'yin mushaklari doimiy yoki vaqti-vaqti bilan beixtiyor taranglashib qolishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
«Real» La Liganing navbatdagi o'yinini 2 mart, dushanba kuni o'z maydonida «Xetafe»ga qarshi o'tkazadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













