Messi Maradona bilan ilk bor qayerda uchrashganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk bor qayerda uchrashganini aytdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk tanishuvi qanday kechganini eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi uchrashuv televideniyeda — Maradonaning «La noche del 10» ("O‘nlik oqshomi") dasturida bo‘lib o‘tgan va Messi u yerga aynan Maradonaning taklifi bilan borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Taklif oldim va, albatta, rad eta olmadim — bordim. U yerda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, amakivachchalarim. Ularning ham barchasi Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘lgan», — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.