Pavlovich Ronaldudan o'rnak olib, Bavariyada porlamoqda

Pavlovich Ronaldudan o'rnak olib, Bavariyada porlamoqda

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan serbiyalik himoyachi Aleksandr Pavlovich 21 yoshida jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

U barqaror o'yini ortida murakkab sir yo'qligini aytadi: Pavlovich o'zini tayyorlashda Krishtianu Ronalduga ergashadi. Futbolchining ta'kidlashicha, Ronaldu mayda detallarigacha e'tibor berishi, yuqori jismoniy tayyorgarligi va temir intizomi bilan unga doimiy yo'l-yo'riq bo'lib kelmoqda, deya uning so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Pavlovich «Bavariya» safida 2023 yildan beri o'ynab kelmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.