Yuventus Manuel Lokatelli bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Yuventus Manuel Lokatelli bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Turinlik “Yuventus” yarim himoyachi Manuel Lokatelli bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishishni ko‘zlamoqda. Kapitanning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha kuchda bo‘lsa-da, klub rahbariyati futbolchining o‘yinidan mamnun va uni uzoq muddatli loyihaning asosiy figurasidan biri deb bilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Il Giornale xabariga ko‘ra, tomonlar yaqin haftalarda muzokaralarni boshlaydi. “Qari sinyora”ning maqsadi — Lokatelli bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish.

Lokatelli 2021 yildan beri “byankoneri” safida to‘p suradi. Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 36 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.