Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

Slutskining Shanxayi Osiyo Chempionlar ligasida yutqazib qo'ydi

"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan keyin pley-offga chiqish imkonini boy berdi. 8-turda "Buriram Yunayted"ga qarshi bahs Leonid Slutskiy jamoasi uchun turnir bilan xayrlashish oldidan so'nggi urinish edi, ammo "eshikni qarsillatib yopish"ning iloji bo'lmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tailand vakili 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvning avvalida "Buriram Yunayted" qisqa vaqt ichida ketma-ket ikkita gol urdi va o'yin taqdirini amalda hal qilib qo'ydi. Oradan ko'p o'tmay "Shanxay Shenxua" bir futbolchiga kamayib qoldi, bu esa intriganing butunlay so'nishiga olib keldi.

Ma'lumot uchun, Leonid Slutskiyning "Shanxay Shenxua" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil oxirigacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.